
"Paxtakor" murabbiyi RFS akademiyasini muvaffaqiyatli bitirdi
1 yil davom etgan o‘qish jarayonidan muvaffaqiyatli o‘tgan Nikita Shkvirin UEFAning darvozabonlar bilan ishlash bo‘yicha “B” litsenziyasini qo‘lga kiritdi.
Saboqni mashhur darvozabon Sergey Ovchinnikov berdi va diplom ishi ham aynan uning qo‘l ostida kechdi.
“Bir yil davomida o‘z malakamni oshirish bo‘yicha B litsenziyasi ta’limini oldim. Bugungi kunda UEFAda darvozabonlar uchun 3 xil litsenziya mavjud. Bular, “S”, “B” va “A”.
Endi olgan bilmlarimni “Paxtakor” U-21 jamoasida amalda qo‘llab, yaxshi darvozabonlarni chiqishiga yordam berishga harakat qilaman”, - deydi Nikita Shkvirin.
"Paxtakor" matbuot xizmati.
Fikrlar