
"Paxtakor" murabbiyi yirik hisobdagi mag‘lubiyatga izoh berdi
"Paxtakor" bosh murabbiyi Slavche Voyneski OChL guruh bosqichi 4-turidan o‘rin olgan "Al-Duhail"ga qarshi o‘yindan keyingi matbuot anjumanida qo‘yidagi fikrlarni bildirib o‘tdi.
– Maydonda o‘yin qanday borgani va natija umuman mos bo‘lmadi. Birinchi bo‘limda raqib ikkita zarba berdi va har ikkisi gol bilan tugadi. Keyin esa uchinchi to‘pni o‘tkazdik. Bellashuv mobaynida ko‘plab vaziyatlar yaratdik, biroq to‘pni darvozaga kirita olmadik. Raqib burchak zarbasi va uzun uzatmalardan so‘ng gol urib ketdi.
Edmilsonni to‘xtatish uchun odatiy bir o‘yinchini biriktirdik, unga alohida e’tibor sababli boshqalarni bo‘sh qoldirganimiz yo‘q. Ba’zi futbolchilarda individual xatolar bo‘ldi. Navbatdagi ikki o‘yinda g‘alaba uchun harakat qilamiz.
Fikrlar