
"Paxtakor" OChL guruh bosqich o‘yinlarini qaysi shaharda o‘tkazishi ma’lum bo‘ldi
Osiyo futbol konfederatsiyasi Chempionlar Ligasi guruh bosqichi bo‘lib o‘tadigan shaharlar nomini ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, "Paxtakor" o‘rin olgan "V" guruhi o‘yinlari BAAning Sharja amirligida o‘tkaziladi. Bellashuvlar 14-29 aprel kunlari bo‘lib o‘tadi. "Sherlar" guruh bosqichini Eronning "Traktor" klubiga qarshi o‘yin bilan boshlaydi. Ikkinchi turda pley-off g‘olibi bilan to‘qnash keladi. Keyin esa "Sharja" bilan uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Taqvim bilan tanishib oling.
1-tur, 14 aprel
"Paxtakor" - "Traktor"
2-tur, 17 aprel
Pley-off g‘olibi - "Paxtakor"
3-tur, 20 aprel
"Sharja" - "Paxtakor"
4-tur, 23 aprel
"Paxtakor" - "Sharja"
5-tur, 26 aprel
"Traktor" - "Paxtakor"
6-tur, 29 aprel
"Paxtakor" - pley-off g‘olibi
Eslatib o‘tamiz, ushbu guruh o‘yinlariga mezbonlik qiladigan Sharja shahrining "Sharja" klubi safida hamyurtimiz Otabek Shukurov harakat qiladi.
Fikrlar