"Paxtakor" Olmaliqda AGMK bilan nazorat o‘yini o‘tkazadi
Mavsumning qolgan o‘yinlariga tayyorgarlikni davom ettirayotgan "Paxtakor" jamoasi 8 sentyabr kuni nazorat uchrashuvi o‘tkazadi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Terma jamoalarga chaqirilgan o‘ndan ortiq futbolchilar mashg‘ulotlarga to‘liq holda 12 sentyabr kunidan qaytishadi. Ungacha esa tayyorgarlik qolgan o‘yinchilar bilan davom ettiriladi. 8 sentyabr kuni Olmaliqda AGMKga qarshi nazorat o‘yini o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Superligada esa "sherlar" 15 sentyabr kuni 19-tur doirasida Namanganda "Navbahor" mehmoni bo‘lishadi.
Fikrlar