"Paxtakor" U-21 jamoasi Qatarda yig‘in o‘tkazadi
"Paxtakor" U21 jamoasi xorijda yigʻin oʻtkazadi. Bu xabarni klub matbuot xabari tasdiqladi.
"Paxtakor" U-21 jamoasi 27 yanvardan 6 fevralga qadar "Espayr" akademiyasi bilan hamkorlik doirasida Qatarda yigʻin oʻtkazadi. Yigʻin davomida bir necha nazorat bellashuvlarida maydonga tushish moʻljallanmoqda.
Ayni paytda yoshlarmiz yangi mavsumga tayyorgarlik mashgʻulotlarini boshlab yuborishgan. Joriy mavsum jamoani Shuhrat Boʻriev boshqaradi. Unga murabbiylar shtabida Oybek Usmonxoʻjaev, Pavel Tyulkin va Anvar Rashidov yordam beradi.
Nazorat bahsida yakshanba kuni yoshlarmiz Qibrayda "Doʻstlik" jamoasidan 4:2 hisobida ustun kelishdi", - deyiladi xabarda.

Fikrlar