"Paxtakor" va "Navbahor" bir futbolchi uchun kurashadi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"So‘g‘diyona" bilan xayrlashgan himoyachi Shahboz Jo‘rabekovning yangi jamoasi tez orada aniq bo‘ladi. 

SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, futbolchi uchun mamlakatimizning ikki nomdor jamoasi: "Paxtakor" va "Navbahor" kurashmoqda. Shuningdek, unga Superliganing yana bir nechta klublaridan ham aniq takliflar bor.

Ta’kidlab o‘tamiz, Jo‘rabekov yakunlangan mavsumda "bo‘rilar" tarkibida 36 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urgan va 5 golga assistentlik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!