"Paxtakor"da ikkita yo‘qotish, ammo bo‘lajak raqib chempion uchun qulay-mi?!
"Sherlar" Superliganing 12-turida Navoiyda "Qizilqum" mehmoni bo‘lishadi.
Chempionat doirasida jamoalar 44 uchrashuvda maydonga tushishgan. O‘zaro o‘yinlar bo‘yicha ustunlik yaqqol "Paxtakor" tarafida. 37 bahsda zafar quchgan "Sherlar" 6 bor raqib bilan durang o‘ynagan va bir marta imkoniyatni boy bergan. "Qizilqum" darvozasiga 122 gol urilib, 26 to‘p o‘tkazib yuborilgan.
Navoiydagi 22 uchrashuvning birortasida "Paxtakor" mag‘lubiyatga uchramagan. Mehmonda 18 g‘alaba va 4 durang natija kuzatilgan. Safardagi 8 uchrashuvda poytaxt jamoasi yirik hisobda zafar quchgan. O‘tgan mavsumda esa mehmonda 1:0 hisobida g‘olib bo‘lgan.

Bu jamoalarning 2007 yil Navoiyda o‘tgan bellashuvida O‘zbekiston oliy ligasi tarixidagi eng yirik natija qayd etilgan. O‘shanda "Sherlar" mezbonlar ustidan 11:0 hisobida zafar quchishgan. O‘shanda "Paxtakor" hozirgacha rekord sanalgan yirik g‘alabani qo‘lga kiritgan.
Bahsni "Paxtakor"dan diskvalifikatsiya tufayli Eldor Suyunov va Kamen Xadjiev o‘tkazib yuboradi.
"Qizilqum" va "Paxtakor" o‘rtasidagi uchrashuv 23 iyun, payshanba kuni soat 20:00da "Yoshlar" sport majmuasi stadionida boshlanadi.
"Paxtakor" matbuot xizmati.



Fikrlar