"Paxtakor"dan ketgan Sergeev bu ko‘rsatkich borasida hamon peshqadam

  • 4 iyul, 2022, 11:54
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Metallurg" va "Paxtakor" jamoalari o‘rtasidagi o‘zaro o‘yinlarda eng ko‘p to‘p kiritgan futbolchilar ro‘yxatini Igor Sergeev boshqarib turibdi.

Sergeev Bekobod klubi darvozasini 9 marta ishg‘ol qilishga erishgan. Anvar Soliev hisobida 8 gol mavjud.

Server Jeparov esa 6 bor to‘p kiritgan. Shuningdek, "Metallurg"dan Dilmurod Karimov ham "sherlar" darvozasiga shuncha gol urgan. Ayni paytda tarkibda o‘ynayotganlardan Dragan Cheran 5 bor bekobodliklar darvozasiga to‘p kiritgan.

"Metallurg" - "Paxtakor": o‘zaro o‘yinlar to‘purarlari.
9 - Igor Sergeev
8 - Anvar Soliev
6 - Server Jeparov, Dilmurod Karimov
5 - Igor Shkvirin, Aleksandr Geynrix, Bahodir Pardaev, Dragan Cheran.
4 - Azamat Abduraimov, Leonid Koshelev, Ismael Gonsalvesh, Zohid Abdullaev.

Manba: "Paxtakor" PFK matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!