
"Paxtakor"ga qarshi o‘yin oldidan "Istiqlol" murabbiyi: Ularga qarshi bahsda natijaga erishish uchun bundan foydalanamiz
Yana bir necha soatdan so‘ng, Qatar poytaxti Doha shahrida Osiyo Chempionlar ligasi nimchorak finalidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Istiqlol" uchrashuvi start oladi. Bellashuvdan avval, eronliklar ustozi Majid Motlaq o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Bu haqda OFK rasmiy sayti xabar berdi.
- Bizni "Paxtakor" qarshi muhim o‘yin kutmoqda. Har uch kunda o‘yin o‘tkazish qiyin. Lekin biz raqibga qaraganda ko‘proq dam oldik.
Bugun yangi bosqich boshlanadi va u boshqacha bo‘lishi darkor. Bir nechta jarohatlangan futbolchilarimiz. Biz o‘yinchilarni ruhiy va jismoniy taraflama tayyorlashimiz kerak. "Paxtakor"ning o‘yinlarini tahlil qildik va ularga qarshi bahsda natijaga erishish uchun bundan foydalanamiz, - dedi Majid Motlaq.
O‘yin Toshkent vaqti bilan 22:45da boshlanadi.
Fikrlar