"Paxtakor"ga yutkazgan "Al-Ta’avun" eronliklarni ayab o‘tirmadi
Osiyo chempionlar ligasi chorak finalidan o‘rin olgan "Al-Ta’avun" - "Sepaxon" uchrashuvi yakuniga etdi. Unda saudiyaliklar yirik 3:0 hisobida raqibdan ustun keldi.
Nominal mezbonlar safida Navaf Subhi, Yozib Bakr hamda Ze Luish gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Shu tariqa, "Al-Ta’avun" ochkolari sonini 6 taga etkazib oldi va guruh peshqadamiga aylandi. Eronliklar hisobida hozircha 3 ochko mavjud.



Fikrlar