"Paxtakor"ning ijaradagi futbolchisi "sherlar" safiga qaytishi kutilmoqda

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Mavsum boshida ijara asosida "Neftchi"ga ko‘chib o‘tgan "Paxtakor" yarim himoyachisi Abrorbek Ismoilov "sherlar" safiga qaytadi.

SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, Ismoilov farg‘onaliklar tarkibida yaxshi harakat qilayotganiga qaramay, tezroq poytaxt klubiga qaytmoqchi. U jamoaning ichki muhitidan norozi.

Ma’lumot uchun, Abror birinchi davrada 11 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va bitta golga hammualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Bek 56
11/07/2022 06:58
Жуда тугри к,арор пахтакорга к,айтганинг яхши бу'лади