"Paxtakor"ning OChL guruh bosqichidagi o‘yinlarining sanasi va ularning boshlanish vaqtlari tasdiqlandi

  • 30 mart, 2021, 19:15
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

OFK Chempionlar Ligasi guruh bahslari uchun taqvimni e’lon qildi. Bu haqda "Paxtakor" klubi matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

"V" guruhi bellashuvlari BAAning Sharja amirligida joylashgan "Sharja" stadionida o‘tkaziladi. Guruh o‘yinlari 14-29 aprel kunlari bo‘lib o‘tadi. "Paxtakor"ning to‘rt uchrashuvi mahalliy vaqt bilan 19:00da, Toshkent vaqti bilan 20:00da boshlanadi. "Sharja" bilan bahslar esa Toshkent vaqtiga 23:00da start olishi belgilangan.

14 aprel, 20:00
"Paxtakor" - "Traktor"

17 aprel, 20:00
Pley-off g‘olibi - "Paxtakor"

20 aprel, 23:00
"Sharja" - "Paxtakor"

23 aprel, 23:00
"Paxtakor" - "Sharja"

26 aprel, 20:00
"Paxtakor" - pley-off g‘olibi

29 aprel, 20:00
"Traktor" - "Paxtakor"

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!