
"Paxtakor"ning SSSR chempionatlaridagi murabbiylari kimlar bo‘lgan?
"Paxtakor"ni SSSR chempionati "B" klassi, birinchi va oliy ligasida 1956-1991 yillarda jami 24 nafar murabbiy boshqargan. Eng ko‘p o‘yinda "sherlar"ni bosh murabbiy sifatida maydonga Ishtvan Sekech olib tushgan. U 162 bellashuvda bu ishni bajargan. Aleksandr Keller bir necha bor jamoa boshqaruviga kelib, 144 uchrashuvda murabbiy bo‘lgan. Ushbu ikki mutaxassis qo‘l ostida "Paxtakor" SSSR chempionati oliy ligasida eng yuqori natijasiga erishib, 6-pog‘onadan o‘rin olgan.
Uchinchi ko‘rsatkich Mixail Yakushinga tegishli bo‘lib, u 134 bahsda bosh murabbiylik qilgan. Kuchli beshlikdan Vyacheslav Solovyov va Birodar Abduraimov o‘rin egallagan. Uzoq yillar jamoada o‘ynagan futbolchilardan Abduraimovdan tashqari Viktor Tixonov, Gennadiy Krasnitskiy, To‘lagan Isoqov va Ahrol Inoyatov ham bosh murabbiy sifatida ishlagan. Inoyatov esa jamoada ham SSSR, ham O‘zbekiston chempionatida bosh murabbiylik qilgan yagona mutaxassis sanaladi.
Quyida SSSR chempionatida "Paxtakor"da ishlagan murabbiylar nomlari bilan tanishing.
Ishtvan Sekech - 162 o‘yin
Aleksandr Keller - 144 o‘yin
Mixail Yakushin - 134 o‘yin
Vyacheslav Solovyov - 118 o‘yin
Birodar Abduraimov - 84 o‘yin
Aleksandr Kochetkov - 81 o‘yin
Lev Olshanskiy - 67 o‘yin
Viktor Tixonov - 67 o‘yin
Fyodor Novikov - 55 o‘yin
Evgeniy Eliseev - 38 o‘yin
Boris Arkadev - 36 o‘yin
Valeriy Bextenev - 34 o‘yin
Gavriil Kachalin - 26 o‘yin
Sergey Mosyagin - 25 o‘yin
Viktor Nosov - 23 o‘yin
Gennadiy Krasnitskiy - 22 o‘yin
Oleg Bazilevich - 21 o‘yin
Yuriy Xodotov - 19 o‘yin
To‘lagan Isoqov - 19 o‘yin
Boris Nabokov - 17 o‘yin
Anatoliy Bashashkin - 16 o‘yin
Aleksandr Abramov - 13 o‘yin
Ahrol Inoyatov - 13 o‘yin
Saveliy Safronov - 8 o‘yin
Fikrlar