Peddi Pimblett: "Jin ursin, shu ham adolatdanmi?! Qani siz maqtagan Arman Tsarukyan?!"

  • 05.01.2026 14:44
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA

31 yoshli britaniyalik Peddi Pimblett rossiyalik Arman Tsarukyaning so‘nggi raqiblari darajasini tanqid qildi.

"Den Huker Armannni gilyotina bilan bo‘g‘ib qo‘yishiga oz qoldi, bu Tsarukyaning kurashda qanchalik yomonligini ko‘rsatadi. Uning keyingi raqibiga qarang - 48 yoshli Dariush... Jin ursin, shu ham adolatdanmi?! Qani siz maqtagan Arman?!" - dedi Peddi o‘zining "Paddy The Baddy" YouTube kanalida.

Eslatib o‘tamiz, 25 yanvar kuni Pimblett "UFC 324" turnirida yengil vaznda vaqtinchalik chempionlik kamari uchun Justin Getjiga qarshi oktagonga ko‘tariladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!