Peddi Pimblett "UFC 324"dagi jangini Diogu Jota xotirasiga bagʻishladi!

  • 26.01.2026 14:35
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA

Xabaringiz bor, portugaliyalik taniqli futbolchi Diogu Jota 2025 yil yozida, Ispaniyadagi taʼtil vaqtida sodir bo‘lgan ayanchli yo‘l-transport hodisasi oqibatida vafot etgandi.

Angliyalik UFC jangchisi Peddi Pimblett amerikalik Justin Getjiga qarshi jangini mazkur hujumchi xotirasiga bag‘ishladi. 

"Men “Liverpul” muxlisiman va bu yerda ham ushbu jamoaning ko‘plab muxlislari borligini bilaman. O‘tgan yili “Liverpul” afsonasi — Diogu Jota vafot etdi. Bundan juda qayg‘udaman. Bu jangda g‘alaba qozonmagan bo‘lsam ham, uni Jotaga bag‘ishlashni istardim", — deya Pimblett so‘zlarini keltirdi BBC nashri.

Maʼlumot uchun, Diogu Jota APL dagi faoliyatini 2018 yil “Vulverxempton” da boshlagan. “Bo‘rilar” safida u 131 ta uchrashuvda maydonga tushib, 44 ta gol urgan va 19 ta samarali uzatmani amalga oshirgan. 2020 yil sentabr oyida Jota “Liverpul” bilan shartnoma imzolagan. "Mersisayd" klubi safida u jami 182 ta o‘yinda ishtirok etib, 65 ta gol va 26 ta assist muallifi bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!