Pedri: "Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish uchun borimni berishga tayyorman"
"Barselona" yarim himoyachisi Pedri jamoasining Chempionlar ligasida g‘olib chiqish ehtimoli haqida fikr bildirdi. Kataloniya klubi mazkur turnirda oxirgi bor 2015 yili g‘alaba qozongan.
"Men sochimni kal qilib olib tashlamayman, tatuirovka ham qildirmayman — onam qo‘ymaydi. Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonsam, nima va’da berishimni bilmayman. Bir narsani aniq ayta olaman: bu yo‘lda biz jon berishga tayyormiz", – dedi 22 yoshli futbolchi.
Xans-Diter Flik boshqaruvidagi "Barselona" umumiy bosqichning 4 turidan so‘ng 7 ochko bilan 11-o‘rinni egallab turibdi. 25 noyabr kuni kataloniyaliklar Londonda "Chelsi"ga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar