
Pellegrini iste’fo yoqasida
Londonning "Vest Xem" klubi bosh murabbiyi Manuel Pellegrini tez orada o‘z lavozimidan ozod etilishi mumkin.
The Telegraph nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “bolg‘achilar” rahbariyati jamoaning mavsum davomida qayd etayotgan natijalaridan norozi bo‘lishmoqda. Agar vaziyat tez orada o‘nglanmasa 66 yoshli mutaxassis iste’foga chiqariladi.
Eslatib o‘tamiz, Pellegrini “Vest Xem”ni 2018 yilning may oyidan buyon boshqarib kelmoqda. Uning shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan. Unga ko‘ra mutaxassisning yillik maoshi 8,17 mln evroni tashkil etadi.
Ma’lumot uchun, “Vest Xem” premer-liganing 13 ta turidan so‘ng 16-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar