
Pepe uchun "Inter" va "Atletiko" da’vogarlik qilmoqda
Frantsiyaning “Lill” klubi forvardi Nikolya Pepe mavsumlar oralig‘ida grand klublardan biriga ko‘chib o‘tishi mumkin.
France Football nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 24 yoshli frantsiyalik futbolchi uchun “Inter” va “Atletiko” jiddiy qiziqish bildira boshlagan. Milanliklar Pepe uchun “Lill”ga 90 million evro taklif qilishmoqda. Biroq, futbolchining bu boradagi pozitsiyasi hozircha noma’lum.
“Atletiko” Madrid esa Pepeni tez orada jamoadan ketadigan Antuan Grizmann o‘rniga munosib ko‘rishmoqda. Biroq, ular “Lill”ga qancha taklif qilishayotgani hozircha noma’lum.
Ma’lumot uchun, Pepe o‘tgan mavsum “Lill” safida 41ta o‘yinda maydonga tushdi va 23ta gol urishga erishdi.
Fikrlar