Peres ukrainalik darvozabonni "Real" yo‘qotmoqchi
Ispaniya chempionatining 11-turida “Real” o‘z maydonida “Barselona”ga (0:4) yirik hisobda imkoniyatni boy berdi. Madrid klubining ukrainalik darvozaboni Andrey Lunin o‘yinni asosiy tarkibda boshlab, o‘z darvozasidan to‘rtta gol o‘tkazib yuborgani klub prezidenti Florentino Peresni yangi darvozabon sotib olish haqida o‘ylashga majbur qildi, deb xabar bermoqda Realmadridexclusivo.
Ushbu o‘yindan so‘ng prezident Peres raqobatni kuchaytirish uchun yana bir darvozabon sotib olishni maqsad qildi. Gap "Lill" posboni Lyuk Shevale haqida ketmoqda. Luninning «Real» bilan shartnomasi uzaytirilganiga qaramay, klub uning ketishini istisno qilmayapti. Tibo Kurtuaning tez-tez jarohat olishini inobatga olsak, Shevale yaqin kelajakda asosiy tarkibdan joy olish uchun asosiy nomzod hisoblanadi.
22 yoshli Shevale joriy mavsum "Lill" safida 16 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z darvozasidan 15 ta gol o‘tkazib yubordi. Transfermark portali uni 25 million evroga baholamoqda.
Fikrlar