Peres: Yovich bir mavsumda 27 ta gol kiritdi, ammo...

  • 12 iyun, 2019, 18:41
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi prezidenti Florentino Peres jamoaning yangi a’zosi Luka Yovich haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Luka 27 ta to‘p kiritib, Evropadagi eng sermahsul hujumchilardan biriga aylandi va ajoyib mavsum o‘tkazdi. Ammo bizning muxlislar undan yanada ko‘proq narsalarni kutishadi. Chunki muxlislar uning jamoaga  ko‘proq narsa  bera olishini yaxshi bilishadi.

Unga ko‘plab klublardan takliflar bo‘ldi, ammo Luka "Real" a’zoasiga aylanishni istadi va o‘z orzusini amalga oshirdi. Yovich bolaligida "Real" libosini kiyib uxlaganligini aytdi. Bizning jamoani tanlaganing uchun rahmat, Luka! Ushbu libosda sen sayyoramizning eng yaxshi hujumchilaridan biri bo‘lishing mumkin", - dedi Peres.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!