
Peruning diskvalifikatsiya qilingan hujumchisi JCh-2018da o‘ynashi mumkin
Peru terma jamoasi hujumchisi Xose Paolo Gerrero kelasi yil Rossiyada bo‘lib o‘tadigan mundialda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Globo Esporte nashri tarqatgan xabarga ko‘ra uning diskvalifikatsiya muddati 1 yildan 6 oygacha qisqartiriladi va shu tariqa 33 yoshli futbolchi JCh-2018da ishtirok etish imkoniga ega bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, dastavval qonida doping aniqlangan Gerrero 1 yil muddatga futboldan chetlatilgan edi. Ushbu qaror joriy yilning 3 noyabridan buyon kuchga kirgan.
Fikrlar