Pike: Grizmann – ajoyib futbolchi, lekin...

  • 12 aprel, 2019, 17:49
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” klubi himoyachisi Jerar Pike “Atletiko” forvardi Antuan Grizmanning Kataloniya super klubiga ko‘chib o‘tishi borasida tarqalgan xabarlarga o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.

Tecno

“Grizmann – ajoyib futbolchi. Lekin, qaror qabul qilish mening vakolatimga kirmaydi. Aytishim mumkinki, “Barselona”ga keladigan har qanday futbolchi jamoaga nimadir olib kelishi mumkin”, - deydi Pike.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq "Barselona"ning etakchi futbolchilari Grizmanni jamoaga kelishiga qarshi ekanliklari haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!