
Pike: Neymar "Barselona"ga qaytmoqchiligini ochiqchasiga e’lon qilish kerak
Kataloniyaning “Barselona” klubi himoyachisi Jerar Pike PSJ hujumchisi Neymarning yana “ko‘k-anor ranglilar” safiga qaytishi mumkinligi borasida tarqalgan xabarlarga o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
“Neymar “Barselona”ga qaytmoqchi ekanligi borasida ochiq e’lon qilishi kerak. U – bizning jamoa va shahar bilan yaxshi tanish bo‘lgan jahon futboli yulduzi. Uning “Barselona”ga qaytishidan barcha manfaatdor bo‘ladi, ammo u hozir PSJda o‘ynayapti”, - deydi Pike.
Eslatib o‘tamiz, Neymar 2014-2017 yillarda “Barselona” sharafini himoya qilgan. Shundan so‘ng 222 mln evro evaziga PSJga ko‘chib o‘tgan edi.
Fikrlar