Pirlo hujum chizig‘ini yangilaydi. "Yuve" nishonida uch to‘purar

  • 13.08.2020 20:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Yuventus”ning asosiy tarkibini yangilashga kirishgan Andrea Pirlo o‘ziga kerak bo‘lgan hujumchilar ro‘yxatini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Turin klubi rahbariyati yangi mavsum boshlangunicha “Napoli”dan Arkadiush Milik, “Roma”dan Edin Jeko va 2014-2016 yillar “Yuventus”da o‘ynagan “Atletiko” forvardi Alvaro   Morata olishga harakat qiladi.

Andrea Pirlo boshqaruvni qo‘lga olishi bilan argentinalik Gonsalo Iguainga chiqish eshiklarini ko‘rsatdi. Klub yana bir hujumchi Paulo Dibalani transfer qilishga ham tayyorligi ma’lum qilingan. Shuningdek, Krishtianu Ronaldu ketishi haqida ham xabarlar tarqalgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!