
Pirs Morgan Ronalduni tabrikladi
Pirs Morgan Krishtianu Ronalduni "An-Nasr"dagi pokeri bilan tabrikladi.
Saudiya Arabistoni chempionati 16-turida "An-Nasr" "Al-Vehda"ni 4:0 hisobida mag‘lub etdi. Gollarning barchasiga 38 yoshli forvard mualliflik qildi.
"Krishtianu Ronaldu riyodliklarning g‘alaba qozongan o‘yinda 4 ta va ligalar doirasida 500-golini urdi. U 61 ta xet-trik qayd etgan. 30 yoshgacha 30 ta, 30 yoshdan keyin esa 31 ta.
Hozir u 38 yoshda. Ajoyib. Tabriklaymiz", - deya teleboshlovchi o‘z tvitter sahifasida yozib qoldirdi.
Fikrlar