Piter Xyuistra eronliklarga qanday baho bermoqda?

  • 13 aprel, 2021, 20:08
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 5
  • Futbol
CHERY AUTO

Ertaga “Paxtakor” klubi Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichi doirasidagi 1-tur uchrashuvini Eronning “Traktor” jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Mazkur bellashuvdan avval “Paxtakor” bosh murabbiy Piter Xyuistra va jamoa sardori Egor Krimets matbuot anjumanida ishtirok etishdi.

Xyuistra: - Barchaga xayrli kun. Kelasi ikki hafta juda tig‘iz bo‘ladi va barchaga omad tilayman. Jamoalarni 15 kunda o‘ynaladigan 6 ta uchrashuv kutmoqda. Bu hayajonli bo‘ladi. Biz chempionatni boshlagandan keyin bu erga keldik. Umid qilamanki, biz sinovga tayyormiz. Ertaga "Traktor"ga qarshi o‘yin bilan turnirni boshlaymiz. Eron jamoalari hamisha qiyin raqib, ular maydonda kurash olib borishadi. Texnik va taktik tarafdan yaxshi o‘yin ko‘rsatishadi.

xyuistra1_1

Tarkibimizda o‘zgarishlar bo‘lgan. Akademiya tarbiyalanuvchilari ham o‘zlarini ko‘rsatishi mumkin. Bunday sinovlarga doim tayyor bo‘lish kerak. Yosh iqtidorlar tajribali futbolchilar bilan kirishib ketishiga ishonaman. Birinchi o‘yin qanday holatda ekanimizni bilib olishga yordam beradi. O‘yinlarni bu safar ham o‘zgacha vaziyatda o‘tkazamiz. Karantin, alohida yashash, Ramazon - bularning barchasi vaziyatni o‘zgacha qiladi. To‘rt, besh va oltinchi turda hammaga qiyin bo‘lsa kerak. Biz ruhiy, taktik va jismoniy jihatdan holatga tayyor bo‘lishimiz kerak. Bu qanday bo‘lishini kuzatish juda qiziq. Jamoadagi barcha sinovga tayyor, oxirigacha kurashishga shay holatda.

krimets

Krimets: - Xayrli kun. Chempionlar ligasining yangi boshlanayotgan mavsumi bilan barchani tabriklayman. Ertangi raqibimizni jiddiy o‘rgandik, bellashuvga yaxshi tayyorlandik. O‘zbekistonda mavsumni boshlashga ulgurdik. Yaxshi holatga kirib oldik, deb o‘ylayman va ertaga musobaqani g‘alaba bilan boshlashga intilamiz.

"Paxtakor" matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Akbarali Abdunazarov
14/04/2021 05:27
Хакамларни савиясини ошириш тугрисида нима ишлар килинаяпти узи, хакамлар захираси борми, хакамлар тажрибаси бордир дунекарашини узгартириш керак, сиесатни тушунтиринглар!
Akbarali Abdunazarov
14/04/2021 05:24
Азиз Асимов хам узини фикрини айтсин, навбахор химоячисининг оеги сардорга водийча айтганда жижжагина тегиб кетувди, хужумчи симуляция ишлатганига эьтибор бермабмиз, футболчилардан илтимос киламиз футболни без контакт курашсиз худди шахматдай уйнасин десин булди биз мухлислар хам уйда утириб жойимиздан кимилламасдан шахмат-футбол томоша киламиз Милиция хам керак эмас, канча пул иктисод булади!
Akbarali Abdunazarov
14/04/2021 05:19
Бу футбол театр эмас!
Akbarali Abdunazarov
14/04/2021 05:17
Хюстрани енига Азиз Асимовни нега кушиб жунатмадинглар, айтмокчи Асимов у ерда хеч ким эмасда! Битта шу пеналтини деб канчадан канча мухлисларни Пахтакорга карши килиб куйдинглар! Бизда профиссионаллик йук! Халк хамма вокеалардан хабари бор, халкни каргиши барибир уради, нега хакамдан интервью олмайсизлар, пенальти белгилашга нима сабаб булди, уша вазиятга якин турган эдику, нега 7 минут уйинни тухтатиб 5 минут кушиб, соати бузилганми, худди янги уйланган еш боладек терлаб кетди, вардан иссиклик чикадими, савол беринглар жавоб берсин! Бу вазиятни тошбурон бошланишига ухшайди, хонадан туриб кичкина тошни отиб енбошдан хеч нарсани билмай караб туради билимли Вардаги хакамлар. Ушбу уйинга тажрибали булган Навоийлик хакамни куймайсанми, пахтакорни уйинига еш болаларни куясизларда, хар хил бохона тукуврасизлар!
&
lochinlar navbahor
13/04/2021 20:15
Eron klublari kurashuvchi jangchi sal tegip ketsa xam yotvomaydi sudyalari penalti berevermaydi