Piter Xyuistra "Metallurg" bilan o‘yindan keyin qizil kartochka va tig‘iz taqvimga to‘xtaldi

  • 2 aprel, 2021, 21:31
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliga 4-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Metallurg" uchrashuvi 2:1 hisobida mezbonlarning g‘alabasi bilan yakunlandi. O‘yindan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida "sherlar" ustozi Piter Xyuistra bellashuv haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:

Tecno

"Birinchi taymni yaxshi o‘tkazdik. Bir necha imkoniyatlar yaratdik va 2 ta gol urdik. Raqib o‘yindan deyarli imkoniyatlar amalga oshira olmadi. Faqatgina, standartlar evaziga xavf tug‘dira oldi. Qizil kartochka o‘yin tempiga ta’sir ko‘rsatmay qolmadi. Shunga qaramay, o‘z rejalarimizni amalga oshirishga harakat qildik va g‘alaba qozondik.

Aprel oyida "Paxtakor"ni juda tig‘iz taqvim kutib turibdi. Biz 30 kun ichida 8 ta o‘yin o‘tkazishimiz lozim. Bu o‘yinlarda yosh iste’dodlarimiz o‘zini ko‘rsata olishiga ishonaman. Ularda o‘zini ko‘rsatish uchun ajoyib imkoniyat bo‘ladi.

Futbolchingizga qizil kartochka ko‘rsatilishi doim yoqimsiz holat. Sababi, siz bir kishi kam bo‘lib o‘yinni davom ettirishga majbur bo‘lasiz. Bu kabi holatlardan saboq chiqarish lozim. Futbolchilar doim o‘zini nazorat qila olishi lozim. Men bu haqda ular bilan gaplashib olishim kerak. Tartib-intizom har doim muhim va bunga amal qilishga harakat qilamiz".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!