Piter Xyuistra: "O‘yin oxirida Quvvatov juda yaxshi seyv namoyish qildi"

  • 20 oktabr, 2021, 21:30
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Paxtakor” klubi bugun O‘zbekiston Kubogi chorak finalda "Olimpik"ni yagona gol evaziga mag‘lubiyatga uchratdi. Bellashuvdan keyin “Paxtakor” ustozi Piter Xyuistra o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

- Birinchi 10-15 daqiqada o‘yinga kirishishimiz qiyin kechdi. Keyinroq maydonga moslashdik va o‘yinga kirishib ketdik. Bugun asosan maydonda kurash kechdi. Maydon tekis emasligi sababli kombinatsion futbol ko‘rsatish imkoni bo‘lgani yo‘q. Birinchi bo‘lim o‘rtalaridan o‘yinni nazorat qilishga o‘tdik va ikkinchi bo‘limda Abror Ismoilov chiroyli gol urdi. Bundan tashqari, Sanjar Quvvatov ham uchrashuv oxirida juda yaxshi seyv namoyish qildi.

"Olimpik" yaxshi jamoa, yoqimli jamoa desa ham bo‘ladi. Ular kurashishga harakat qilishdi, yosh futbolchilar ham o‘sishadi. Yaqinda Toshkentda boshlanadigan saralash bahslarida terma jamoa safida o‘ynaydigan "Olimpik" futbolchilariga omad tilayman.

“Paxtakor” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!