
Pley-off. Prevyu. "Olimpik" - "Metallurg"
9 dekabr kuni Superliga yo‘llanmasi uchun oxirgi pley-offda "Olimpik" hamda "Metallurg" klublari bellashadilar.
Mazkur jamoalar kuchlilar safida bugungacha 6 marta to‘qnash kelganligini ko‘rishimiz mumkin. Ortda qolgan uchrashuvlarda jamoalar bir xil ochko jamg‘arishgan. Tomonlarda ikkitadan g‘alaba bor, yana ikkita o‘yinda esa durang natija qayd etilgan. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar nisbati poytaxtliklar foydasiga – 9:7.
“Olimpik” bugunga qadar Superligada 80 ta o‘yin o‘tkazgan: 22 ta g‘alaba, 28 ta durang, 30 ta mag‘lubiyat, to‘plar nisbati 82:100. Chempionatdagi eng yirik g‘alabasi – 5:0 (“Surxon”, 2022), eng yirik mag‘lubiyati – 0:6 (OKMK, 2022).
“Metallurg” kuchlilar safida bugungacha 773 ta uchrashuv o‘tkazgan. Shularning 251 tasida g‘alaba qozongan. 169 o‘yinda durang o‘ynagan. 353 uchrashuvda imkoniyatni boy bergan. To‘plar farqi – 918:1151. Kuchlilar safidagi eng yirik g‘alabasi – 6:0 (“Semurg‘” – 2001, “Xorazm” – 2006, “Mash’al” – 2016), eng yirik mag‘lubiyati – 0:7 (“Navbahor” – 2003, “Nasaf” – 2004).
Fikrlar