Pochettino “Chelsi”dan yana to‘rtta supertransferni talab qilyapti

  • 9 avgust, 2023, 20:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” tarkibini qayta tuzib chiqayotgan bosh murabbiy Maurisio Pochettino jamoa to‘liq shakllanishi uchun yana to‘rtta katta transferni amalga oshirish lozimligini  ta’kidlamoqda.

The Telegraph nashri jurnalisti Mett Louga ko‘ra, argentinalik mutaxassis birinchi navbatda ikki nafar yarim himoyachini kutmoqda. Klub bu pozitsiyaga “Brayton” vakili Moyzes Kaysedo va “Lids” o‘yinchisi Tayler Adamsni mo‘ljallayapti.

Pochettino hujum chizig‘ida “Yuventus” to‘purari Dushan Vlaxovichni ko‘rmoqchi. Hujumkor futbolchi pozitsiyasini “Kristal Pelas” vingeri Maykl Olise egallashi kutilyapti.

Bu transferlar uchun “Chelsi” rahbariyati umumiy hisobda 250 million evro ajratishni rejalashtirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!