Pochettino Gvardiolaning ishini takrorlamoqchi

  • 30 avgust, 2023, 11:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” bosh murabbiyi Maurisio Pochettino jamoasining joriy mavsumdagi maqsadlari ulkan ekanini ta’kidladi.

Tecno

- Men bu mavsum Liga kubogi, Angliya kubogi va Angliya Premer-ligasida 0g‘olib chiqmoqchiman.”Tottenxem”da ishlaganimdan men bunaqa bayonot bermaganman, kelajakda shu sovrinlarni yutishni istashimni aytganman xolos.

Hozir “Chelsi” bilan har bitta turnirda bosh sovrinni qo‘lga kiritishni xahlayman. Yoshim o‘tib boryapti va sovrinlarni kutib o‘tirishga vaqtim yo‘q. Bor o‘y-xayolim g‘alabalarga qaratilgan. Bu g‘oyalarimni murabbiylar shtabi va o‘yinchilarga singdirib borishim kerak, - dedi Maurisio Pochettino.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda “Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola shogirdlari bilan uchta musobaqada g‘olib chiqib, trebl qayd etgan edi. Endi argentinalik mutaxassis ispaniyalik hamkasbining ishini takrorlamoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!