
Pochettino Messining zaxiraga olinishi haqida: "Leo o‘yinni davom ettira olmasdi"
Frantsiya chempionati 12-turidan o‘rin olgan bahsda PSJ va "Lill" o‘zaro bahs olib bordi. Unda parijliklar 2:1 hisobida zafar quchdi.
Ajablanarlisi, Pochettino tanaffusda klub yulduzi Lionel Messini zaxiraga oldi va uning o‘rniga Mauro Ikardini maydonga tashladi. Maurisioning aytishicha, bunga Messining holati sabab bo‘lgan.
"Tanaffusda shifokorlar bilan suhbatlashdik. U ehtiyot chorasi sifatida maydonni tark etdi. Leo o‘yinni davom ettira olmasdi. Umid qilamizki, jarohat jiddiy emas va Messining keyingi o‘yinlarda ishtirok etishiga xalal bermaydi",-dedi argentinalik murabbiy.
Ma’lumot uchun, Parij klubi 12-turdan so‘ng 31 ochko to‘plagan holda, karvonboshilik qilmoqda.
Fikrlar