Pochettino Mudrikning jarohati haqida: Xafsalamiz pir bo‘ldi
Mixail Mudrik jarohati sabab "Chelsi"ning navbatdagi o‘yinini o‘tkazib yuboradi.
Qanot futbolchisi "Chelsi" mashg‘ulotlarida jarohat oldi va 25 avgust kuni "Luton" qarshi o‘ynamaydi.
"Mixailda kichik muammo bor, u safdan chiqdi, balki bir necha kunga. Biroq u ertangi o‘yinga tayyor emas. “Vest Xem”ga qarshi 45 daqiqa o‘ynaganini hisobga olsak, vaziyatdan ko‘nglimiz to‘ldi.
Umid qilamizki, unga biz o‘ylagandek harakat qilishga yordam beramiz. Shuning uchun biz hafsalamiz pir bo‘ldi, lekin ayni paytda muammo unchalik jiddiy emas. Balki bir hafta yoki bir necha kun kutishga to‘g‘ri keladi", - dedi "ko‘klar" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino.
Fikrlar