
Pochettino “Real” yulduzini “Chelsi”ga oladigan bo‘ldi
“Chelsi”ni qabul qilib olgan Maurisio Pochettino klub rahbari Todd Byolidan yangi tarkibning asosiy o‘yinchisi roli uchun “Real” vakili Federiko Valverdeni olib kelishni talab qilmoqda.
Argentinalik mutaxassis 24 yoshli futbolchining imkoniyatlariga yuqori baho beryapti.
Mutaxassislar Valverdening o‘yin uslubi Angliya futbolida chuqur iz qoldirgan Stiven Jerrardnikiga o‘xshash ekanini ta’kidlamoqda.
Futbol ekspertlari urugvaylik o‘yinchining eng katta yutug‘i o‘zi gol ura olishidan tashqari, jamoadoshlari uchun xavfli vaziyatlar yaratib berish va aniq pas uzata olishga usta ekanida, deb hisoblamoqda.
Valverdening madridliklar bilan shartnomasi 2027 yilning yarmigacha imzolangan. Bu transfer 85 million funtga bahonyapti.
Fikrlar