Pochettino “Real”ni boshqarishga tayyor

  • 6 aprel, 2023, 19:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Tottenxem” va PSJdagi faoliyatidan keyin ayni paytda ishsiz yurgan Maurisio Pochettino agar “Real”ni uni bosh murabbiylikka taklif qilsa, jamoani boshqarishga tayyor, deb xabar tarqatdi The Athletic nashri.

Tecno

Manbaning ta’kidlashicha, klub rahbariyati hozirgi bosh murabbiy Karlo Anchelottini iste’foga chiqarsa, Pochettinoni Madridga olib kelishi mumkin.

“Qirollik klubi” italiyalik mutaxassis mavsumni qanday yakunlanishini kutmoqda. Agar “Real” joriy mavsum sovrinsiz qoladigan bo‘lsa, Anchelotti xizmatidan voz kechiladi.

Pochettinoning o‘zi yaqinda “Chelsi” taklifini rad etdi. Shuningdek, bosh murabbiy qidirayotgan “Tottenxem” rahbariyati Maurisioni ishga olmasligini ma’lum qildi. Demak, hozircha Pochettino oldida “Real”ni kutishdan boshqa variant yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!