Pochettino “Siti” futbolchisini “tortib” olmoqchi

  • 31.08.2023 11:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Chelsi” shu kunlarda yana bir transferni amalga oshirmoqchi. Maurisio Pochettino klub mutasaddilari “Manchester Siti”dan Koul Palmerni olishini so‘rayapti.

“Aristokratlar” tezda “shaharliklar” bilan 21 yoshli yarim himoyachi transferi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi.

Jurnalist Fabritsio Romanoning aytishicha, Xosep Gvardiola boshchiligidagi murabbiylar shtabining Koul bo‘yicha pozitsiyasi noaniq. Iste’dodli o‘yinchi etarlicha o‘yin amaliyoti berilishini talab qilyapti.

Bunga javob klub unga asosiy tarkibdan muqim joy kafolatlagani yo‘q. Mutaxassislar yosh o‘yinchi muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun ilinjida London klubi chorlovini qabul qilishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!