Pochettino va Keyn yana bir jamoada ishlashi mumkin. Faqat bu safar "Tottenxem"da emas

  • 16.02.2022 11:38
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Mish-mishlarga ko‘ra, Maurisio Pochettino yozda "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi bo‘lishi mumkin. Argentinalik mutaxassisning PSJ etakchilari bilan munosabatlarida keskinlik bor va bu fakt joriy mavsum yakunida tomonlarni xayrlashishga majbur qilishi mumkin.

Agar Pochettino “Manchester Yunayted”ni boshqaradigan bo‘lsa, yozgi transferlar oynasida klub hujumchi Xarri Keynni qo‘lga kiritish imkoniyati ko‘proq bo‘ladi, deb yozadi The Telegraph. Aynan Pochettino Keynni futbol olamiga tanilishida katta ahamiyat kasb etgan. O‘sha paytda yosh futbolchini asosiy o‘yinlarda maydonga tushira boshlagan.

Harri Keyn uzoq vaqtdan beri jamoasini o‘zgartirmoqchi edi, ammo “Tottenxem” prezidenti Daniel Levi etakchi futbolchini qo‘yib yubormayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!