Pogba bo‘lajak jamoasi xo‘jayini bilan uchrashdi

  • 1 dekabr, 2021, 11:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” yulduzi Pol Pogba PSJ prezidenti Nasser Al-Xelaifiy bilan uchrashdi.

Tecno

Frantsiyalik yarim himoyachining manchesterliklar bilan kelishuvi mavsum oxirida yakunlanadi. Futbolchi “Old Trafford”ni tark etishga tayyor. Biroq uning katta maosh talab qilishi, Pogbaga qiziqayotgan jamoalar sonini ancha kamaytirdi.

PSJ uning kelishidan umidvor. Gap shundaki, PSJ bosh murabbiyi Mourisio Pochettino yozda “Manchester Yunayted”ni qabul qilib olishi kutilmoqda. Agar bu ish amalga oshsa, Parij klubi bosh murabbiylikka Zinedin Zidanni olib keladi. Frantsiya futboli yulduzi o‘z navbatida Pogbani Parijga kelishga ko‘ndirishi mumkin. Chunki, Zidan Pogbaning kumiri hisoblanadi.

Zidan “Real”ni boshqargan kezlarda Pogbani Madridga olib kelishga uringanini ham unutmaslik kerak.  

Al-Xelaifiyning Pogba bilan uchrashgani oldinni ko‘zlab tashlangan qadam hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!