Pogbaning holati haqida ma’lumot berildi

  • 4 yanvar, 2023, 07:02
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri shogirdi Pol Pogbaning holati haqida fikr bildirdi.

"Uning tizzasidagi og‘riq allaqachon yo‘qolgan. Pol hozir bemalol yugurmoqda. Agar shunday davom etsa, yaqin 15-20 kun ichida jamoaviy mashg‘ulotga qo‘shilishi mumkin. 

U barchasini bosqichma-bosqich o‘tkazmoqda. Ko‘ramiz, qachon safga qaytar ekan",-dedi italiyalik mutaxassis.

29 yoshli yarim himoyachi o‘tgan yozda "Manchester Yunayted"dan turinliklar tarkibiga kelib qo‘shilgandi. U jarohati tufayli joriy mavsum hali maydonga tushmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!