Portugaliya - Ispaniya. Prevyu

  • 15 iyun, 2018, 15:55
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun JCh-2018ning “B” guruhidan o‘rin olgan ikki uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Toshkent vaqti bilan soat 20:00da “Krestovskiy”da Marokko terma jamoasi Eron Islom Respublikasiga qarshi maydonga tushadi. 23:00da esa Portugaliya Ispaniya bilan kuch sinashadi.

Tecno

Quyida Portugaliya Ispaniya qarama-qarshiligining prevyusi bilan tanishishingiz mumkin.

Ushbu uchrashuv, albatta, nafaqat guruhning, balki mundialning eng ajoyib o‘yinlaridan biri bo‘lishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, bu ikki terma jamoa futbol tarixida 35 marta kuch sinashishgan, bularning 16tasida Ispaniyaning qo‘li baland kelgan, portugaliyaliklar esa 6 marta g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘lishgan.

Eslatib o‘tish joizki, “qizil furiya” mundialga ajoyib forma va yuqori darajadagi shijoat bilan etib kelgan. Biroq, mundialning boshlanishiga bir kun qolganda terma jamoaning bosh murabbiyi almashgani, jamoaga katta ta’sir o‘tqazishi mumkin.

Amaldagi Evropa chempioni ham hammani lol qoldirish uchun bor kuchini berishga tayyor. Jamoa sardori Krishtianu Ronaldu ham turnirda o‘zini ko‘rsatishga tayyor. 

Quyida esa bugun asosiy tarkibda maydonga tushishi kutilayotgan futbolchilar ro‘yxati bilan tanishib olishingiz mumkin.

JCh-2018. “B” guruhi

Portugaliya – Ispaniya

“Fisht” Olimpia stadioni 23:00

Portugaliya: Ruy Patrisiu; Rafael Gerreyru, Joze Fonte, Pepe, Sedrik Soaresh; Juan Mariu, Joau Moutinyu, Vilyam Karvalyu, Bernardu Silva; Krishtianu Ronaldu, Gonsalu Gedesh

Ispaniya: David de Xea; Jordi Alba, Serxio Ramos, Jerar Pike, Nacho; Serxio Buskets, Tiago Alkantara; Andres Inesta, Isko, David Silva; Diego Kosta

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!