Portugaliya bosh murabbiyi Ronalduning qizil kartochkasiga izoh berdi

  • 14.11.2025 10:02
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines Krishtianu Ronalduning Irlandiyaga qarshi o‘yindagi qizil kartochkasi haqida gapirdi.

40 yoshli forvard 61-daqiqada to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka olib, maydondan chetlatildi. O‘sha paytda irlandlar 2:0 hisobida oldinda edi va qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi.

"Ronalduning chetlatilish sababi - uning ishtiyoqi. Terma jamoa mag‘lub bo‘layotgani uning hafsalasini pir qildi. Mag‘ubiyatga boshqa futbolchilar ham shunday munosabatda bo‘lishlarini xohlaymiz.

Ronalduni 60 daqiqa davomida ushlab turishdi, bu esa oson emas. 40 yoshida u birinchi o‘yinni o‘tkazayotgandek ishtiyoq bilan o‘ynaydi", - dedi Martines matbuot anjumanida.

Ushbu chetlatish Ronaldu uchun terma jamoa safidagi faoliyatidagi birinchisi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!