
Portugaliyaning mag‘lubiyati Ronaldu uchun egizlarini ko‘rishga yaxshi sabab bo‘ldi
Madridning “Real” klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Konfederatsiyalar Kubogi–2017 musobaqasining uchinchi o‘rin uchun o‘yinida ishtirok etmaydi.
Ma’lum bo‘lishicha, 32 yoshli futbolchining bir necha kun avval surrogat onadan bo‘lgan egizak farzandlari dunyoga kelgandi. Ronaldu buni tasdiqladi va ularni ko‘rish maqsadida Portugaliya termasi lagerini tark etadigan bo‘ldi.
“Real” hujumchisi Portugaliya terma jamoasining yarim finalda Chiliga uchralgan mag‘lubiyatidan so‘ng (0:0, penaltilar seriyasi – 0:3) ushbu qarorga keldi. Agar Portugaliya finalga chiqqanida Ronaldu jamoada qolib, finaldan keyin ketishni rejalashtirgan edi.
“Farzandlarim dunyoga kelishiga qaramay, bor e’tiborimni Konfederatsiyalar Kubogiga qaratdim. Afsuski, finalga chiqa olmadik. Men farzandlarimni ko‘rish uchun ketyapman va Portugaliya futbol federatsiyasi rahbari hamda terma jamoa murabbiyining menga qilgan e’tiborlaridan mamnunman”, – dedi Ronaldu.
Fikrlar