
Poytaxtimizda chempionlik kamari uchun jang o‘tkaziladi (video)
Boks oqshomining markaziy jangi deya e’tirof etilayotgan qarama-qarshilikda yosh bokschimiz Ravshanbek Maxammadjonov ugandalik Juma Vasva bilan chempionlik kamari uchun jang olib boradi. Yodingizda bo‘lsa, Afrika qit’asi vakili yana bir hamyurtimiz Shohjaxon Ergashev bilan ham to‘qnash kelgan edi. Tajribali, Olim Nazarov tanzaniyalik Frank Kivalabega qarshi jang olib borsa, WBA Asia kamari sohibi Xusniddin Po‘latov gruziyalik Badri Gogichashviliga, yosh iqtidorli egasi Ravshanbek Shermatov ham Gruziya vakili Jaba Memishishiga qarshi ringa ko‘tariladi.
Fikrlar