Prestianni Vinisius bilan bog‘liq mojaro yuzasidan jamoadoshlariga tushuntirish berdi
"Benfika" futbolchisi Janluka Prestianni Vinisius Juniyor bilan yuz bergan mojaro bo‘yicha jamoadoshlari bilan suhbatlashdi.
Chempionlar ligasi doirasida Portugaliyada o‘tkazilgan uchrashuv davomida "Real" vingeri hakamga argentinalik futbolchi uni maymun deb atagani haqida shikoyat qilgan edi.
"Correio da Manhã" xabariga ko‘ra, UEFA tomonidan bir o‘yinga chetlatilgan Prestianni jamoadoshlariga haqiqatan ham irqiy mazmundagi haqorat ishlatganini tan olgan. Shu bilan birga, u o‘zini irqchi emasligini va bunday ko‘rinish berishni istamagani ta’kidlab, o‘zini himoya qiluvchi bir nechta faktlarni keltirgan.
Fikrlar