Prestianni: “Vinisius eshitgan narsasini noto‘g‘ri tushungan”

  • 18.02.2026 11:05
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

"Benfika" vingeri Janluka Prestiani "Real" hujumchisi Vinisius Juniyor tomonidan oʻziga nisbatan qoʻyilgan irqchilik ayblovlariga javob qaytardi.

"Shuni aniq aytmoqchimanki, men hech qachon Vinisius Juniyorga nisbatan irqchilik haqoratlariga yoʻl qoʻymaganman, afsuski, u eshitgan narsasini notoʻgʻri tushungan. Men hech qachon hech kimga nisbatan irqchi boʻlmaganman va Madriddning "Real" klubi muxlislaridan olgan tahdidlarimdan afsusdaman", - deya Prestianining soʻzlarini keltiradi jurnalist Fabrizio Romano.

Eslatib oʻtamiz, ikkinchi boʻlimda "qaymoqranglilar"ning braziliyalik hujumchisi Vinisius Juniyor "Benfika" futbolchisi Janluka Prestiani uni maymun deb ataganini aytganidan keyin oʻyin toʻxtatilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!