Prevyu: AGMK qarshisida Osiyo giganti!

  • 15 aprel, 2021, 14:15
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

AGMK bugun Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichidagi o‘zining ilk o‘yinini Osiyo giganti, Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Tecno

"A" guruhida olmaliqliklar Saudiya Arabistonining "Al-Hilol", BAAning "Shabab Al-Ahli" va Tojikistonning "Istiqlol" jamoalari bilan to‘qnash keladi.

E’tiborga molik tarafi, mazkur "kvartet"dagi ikki jamoa, ya’ni "Istiqlol" va AGMK uchun OChL guruh bosqichidagi debyut ishtirok. "Al-Hilol" esa OChL guruh bosqichida qatnashish bo‘yicha mutlaq rekordchi (19) sanaladi.

"Al-Hilol" OChLda eng ko‘p g‘oliblikni qo‘lga kiritish bo‘yicha ham peshqadamlardan biri. Saudiya Arabistoni jamoasi "Poxang Stillerz" kabi mazkur musobaqada 3 marotaba g‘olib chiqqan.

"Al-Hilol"ni o‘tgan yil yakunidan boshlab braziliyalik Rojerio Mikale boshqarmoqda. Braziliya Olimpiya terma jamoasi bilan "Rio-2016" olimpiadasi chempioni bo‘lgan mutaxassis qo‘l ostida jamoa ayni paytda Saudiya chempionatida peshqadamlik qilmoqda.

"Al Hilol" safida yuqori malakali top darajadagi jahon futboli yulduzlari harakat qilishadi. OChLda legionerlarga qo‘yilgan limit tufayli "Al Hilol" musobaqaga Sebastyan Jovinko, Kuellar Gustavo va Kurdi Amiri kabi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazmadi. Jamoa Bafetimi Gomis, perulik Andre Karrilo, argentinalik Lusiano Vetto va Jan Xyon Suni OChL ro‘yxatiga kiritgan. Shuningdek, jamoaning qolgan chiziq vakillari Saudiya Arabistoni terma jamoasi a’zolari hisoblanadi.

AGMK OChL guruh bosqichida qatnashadigan O‘zbekistonning 7-jamoasi aylanadi.

AGMK uchun bo‘lajak bellashuv OChL guruh bosqichidagi debyut bahs bo‘lsa, musobaqa doirasidagi umumiy hisobdagi to‘rtinchi o‘yinga aylanadi. Hozircha pley-off doirasidagi o‘tkazilgan 3 o‘yindan 2 g‘alaba va 1 mag‘lubiyat qayd etilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!