Prevyu. "Paxtakor"da "Qizilqum"ga qarshi o‘yin oldidan jiddiy yo‘qotish bor

  • 6 noyabr, 2022, 18:50
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Paxtakor" Superliganing 25-turida Toshkentda "Qizilqum"ni qabul qiladi.

Chempionat doirasida jamoalar 45 uchrashuvda maydonga tushishgan. O‘zaro o‘yinlar bo‘yicha ustunlik yaqqol "sherlar" tarafida. 38 bahsda zafar quchgan "Paxtakor" 6 bor raqib bilan durang o‘ynagan va bir marta imkoniyatni boy bergan. "Qizilqum" darvozasiga 124 gol urilib, 26 to‘p o‘tkazib yuborilgan.

Toshkentdagi uchrashuvlarning 19 tasida mezbonlar g‘alaba qozonib, 2 durang va 1 mag‘lubiyatni qayd etgan. Navoiy jamoasi oxirgi marta safarda 2010 yil ochko olgan - 0:0. O‘z maydonida "Paxtakor" 7 bor ushbu raqibni yirik natija bilan taslim qilgan. O‘tgan mavsumda Toshkentda "sherlar" 4:2 hisobida zafar quchishga erishgandi.

Bu jamoalarning 2007 yil Navoiyda o‘tgan bellashuvida O‘zbekiston oliy ligasi tarixidagi eng yirik natija qayd etilgan. O‘shanda "Paxtakor" mezbonlar ustidan 11:0 hisobida zafar quchgan. O‘shanda "Paxtakor" hozirgacha rekord sanalgan yirik g‘alabani qo‘lga kiritgan.

Bahsni mezbonlardan Hojiakbar Alijonov,mehmonlardan Bobur Yo‘ldoshev diskvalifikatsiya tufayli o‘tkazib yuboradi.

"Paxtakor" va "Qizilqum" jamoalari o‘rtasidagi bellashuv 7 noyabr, dushanba kuni soat 18:30da "Paxtakor" stadionida boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!