Prevyu: Toshkent derbisida ustunlik qaysi jamoa tarafida?

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Superliganing 13-tur o‘yinida “Paxtakor” Toshkent derbisida “Bunyodkor” ni o‘z maydonida qabul qiladi.

Mazkur jamoalar o‘rtasida kechadigan bahslar xamisha keskin to‘qnashuvlarga boy tarzda o‘tadi. Hozirgacha o‘tkazilgan 30 bellashuvning 11tasida "sherlar" g‘olib bo‘lishgan. 9tada bahsda durang va 10 tasida "qaldirg‘ochlar"ning g‘alabasi kuzatilgan.

"Paxtakor" 38 to‘p kiritib, 33 gol o‘tkazib yuborgan. Jamoalar o‘rtasidagi eng yirik natija 2020 - yilning birinchi davrasida kuzatilib, unda "Paxtakor" 5:0 hisobida yutuqqa erishgan. "Paxtakor" uy uchrashuvida shunday muvaffaqiyatga erishgan. Xyuistra jamoasi o‘z maydonidagi bahslarda 7 g‘alaba, 6 durang va 2 mag‘lubiyat qayd etilgan. Gollar urish borasida ustunlik "Paxtakor" tarafida - 21:9.

"Paxtakor" va “Bunyodkor”jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 31 iyul, shanba kuni soat 20:00da "Paxtakor" stadionida boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!