
"Prezident kubogi". Etakchilarimizdan uch nafari ilk turda zafar quchdi
Bugundan boshlab, Toshkentda "Prezident kubogi" 1-turi start oldi. 3-bor o‘tkazilayotgan musobaqaning mukofot jamg‘armasi 75000 AQSh dollarini tashkil etadi.
Turnir 2 guruhda o‘tkaziladi. "A" guruhida reytingi 2250 va undan yuqori reytingli shaxmatchilar ishtirok etsa, "B" guruhida reytingi 2249 va undan past reytingli shaxmatchilar qatnashadi.
Har bir o‘yin 90 daqiqa va har bir yurish uchun 30 sekund vaqt qo‘shib boriladi.
Etakchi shaxmatchilarimizdan hisoblangan Nodirbek Abdusattorov ilk turda hindistonlik raqibini mag‘lub etgan bo‘lsa, Javohir Sindarov FIDE bayrog‘i ostida dona surayotgan raqibini taslim qildi. Shuningdek, Nodirbek Yakubboev ham o‘z bahsida zafar quchdi. Faqatgina Shamsiddin Vohidov hindistonlik Ethan Vaz bilan bo‘lgan o‘yinda raqibi bilan durangga imzo chekdi.
Quyida "A" guruhida hamyurtlarimiz qayd etgan natijalar bilan tanishing:
Nodirbek Abdusattorov 1 - 0 Panda Sambit (Hindiston)
Javohir Sindarov 1 - 0 Ekaterina Goldseva (FIDE)
Shamsiddin Vohidov 1/2 - 1/2 Ethan Vaz (Hindiston)
Nodirbek Yakubboev 1 - 0 Melis Mamatov (Qirg‘iz Respublikasi)
Bahrom Bahrillaev 0 - 1 Nehal Sarin (Hindiston)
Asror Amonov 1/2 - 1/2 Timur Gariev (FIDE)
Abdumalik Abdusalimov 0 - 1 David Ahmedov (FIDE)
Muhiddin Madaminov 1 - 0 Adiredi Arjun (Hindiston)
Akmal Fayzullaev 0 - 1 Aristanbek Urazaev (Qozog‘iston)
Saidakbar Saydaliev 1/2 - 1/2 Simyon Novojilov (FIDE)
Afruza Hamdamova 1/2 - 1/2 Aleksey Goganov (FIDE)
Muhammadzohid Suyarov 1/2 - 1/2 Jani Kushal (Hindiston)
Ortiq Nig‘matov 1 - 0 Jasek Stopa (Polsha)
Tohir Vohidov 1/2 - 1/2 Artyom Pinging (FIDE)
Ulug‘bek Tillaev 1 - 0 Netish Belurkar (Hindiston)
Humoyun Bekmurodov 1/2 - 1/2 Vivan Vishalshah (Hindiston)
Olmos Rahmatullaev 1 - 0 Jaloliddin Ilhomiy (Tojikiston)
Akbarali Abduhakimov 1/2 - 1/2 Muhammadali Abdurahmonov (ikkisi ham O‘zbekiston)
Shuningdek, "B" guruhida ham ko‘plab vakillarimiz ishtirokida bahslar bo‘lib o‘tdi. Havola orqali ularning ham natijalari bilan tanishib chiqishingiz mumkin.
Fikrlar