Pro-liga peshqadami ta’tilga chiqdi

  • 31 avgust, 2021, 13:29
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Pro-ligada 13 ta o‘yinda 31 ochko bilan yakka peshqadamlik qilib kelayotgan “Neftchi” klubi qisqa muddatli ta’tilga chiqdi. Bu xususida klub matbuot xizmati shunday xabar qiladi:

Tecno

“Pro-liga doirasida "Xorazm" bilan safarda kechgan 14-tur (qoldirilgan) bellashuvidan so‘ng, mamlakatimizda yaqinlashib kelayotgan mustaqillik bayrami munosabati bilan "Neftchi" PFK murabbiylar shtabi jamoa a’zolariga uch kunlik ta’tilni taqdim  etishdi.

Navbatdagi tayyorgarlik jarayoni 2 sentyabr kuniga belgilangan bo‘lib, shu kuni jamoa vakillari kunning ikkinchi yarmida Farg‘onadagi qarorgohlariga yig‘ilib, shug‘ullanishda davom etadilar".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
31/08/2021 13:36
Ayrim yasama klublarni urniga. shu Neftchi tezroq. qaytsa zur bulardi lekin. Neftchi hohlaymizmi yuqmi nomi ulug klub. Uzim Nasaf muhlisiman. lekin fudbol muhlisi bulganim uchun ham aytapman Neftchi oliy lega qaytsa shuncha zur chunki Neftchi. uz maydoniga kucha bolalari chiqarib quysa ham kurashadi. nomi uchun ham kurashadi. uzi har bitta Viloyat bosh jamoalari uynasa muhlislari uchun ham jon berib uynaydi.